Telefondan koʻrish uchun nima kerak
Masofaviy kirishni qoʻllab-quvvatlaydigan kameralar yoki registrator, obyektda barqaror internet va ishlab chiqaruvchi ilovasi (masalan, Hikvision uchun Hik-Connect). Internet tezligi ilovadagi video sifatiga taʼsir qiladi.
Ilovada nima qilish mumkin
Translyatsiyani koʻrish, arxivni ochish va parchalarni saqlash, sozlangan boʻlsa harakat haqida bildirishnoma olish. Kirish huquqini oila aʼzolari yoki xodimlarga berish mumkin.
Xavfsizlik
Ishonchli parollar oʻrnatamiz, kerak boʻlsa proshivkani yangilaymiz va faqat siz ruxsat berganlarga kirish huquqini beramiz.







